Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina qo‘shinlari Doneskdagi kasalxonani yana o‘qqa tutdi – video

Ukraina armiyasi shaharning Kalinin tumanini 15 raketa bilan o‘qqa tutdi.
Sputnik
Ukraina qo‘shinlari Doneskdagi Kalinin nomidagi kasalxonani Ukraina harbiylari o‘qqa tutdi.
“Grad” zalp bilan o‘t ochuvchi tizimdan zarba berilgan bo‘lishi mumkin, deb xabar qildi RIA Novosti muxbiri.
DXRning Ukraina harbiy jinoyatlari bilan bog‘liq masalalarni nazorat qiluvchi va muvofiqlashtiruvchi qo‘shma markazi vakolatxonasi keyinroq Ukraina armiyasi shaharning Kalinin tumanini 15 raketa bilan o‘qqa tutganini xabar qildi.
Avvalroq Ukraina armiyasi o‘qqa tutgan Kalinin nomidagi kasalxonada bir bemor vafot etgani xabar qilingan edi.
Ukraina Qurolli kuchlari Doneskni muntazam o‘qqa tutib keladi. 15-dekabr kuni berilgan zarbani shahar meri sakkiz yil ichidagi eng ko‘lamli zarba bo‘lganini ma’lum qilgan edi.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.