Shavkat Mirziyoyev energetika sohasi qanday qilib erkin bozorga o‘tkazilishini aytdi

Biz shoshmasdan, yetti marta o‘lchab, adolatli yo‘lga o‘tamiz. Energetia sohasida bozor narxlariga o‘tishdan oldin adolatli zamin yaratamiz.
Sputnik
TOShKENT, 20 dek - Sputnik. O‘zbekistonda energetika sohasi bosqichma-bosqich erkin bozor tamoyillariga o‘tadi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zining Oliy Majlisga yo‘llagan yillik Murojaatnomasida aytib o‘tdi.
Prezident aytishiga ko‘ra, respublikada so‘nggi 6-yilda aholi soni 13%ga, sanoat korxonalari 45 mingdan 100 mingga ko‘paydi. Natjada elektr enegiyasini talab 35%ga oshdi. Va yildan yilga oshib bormoqda. Sohaga 25-30 mlrd dollarlik investitsiyalar kerak.

Ko‘p iqtisodchilar energetika sohasida erkin bozor bo‘lishi kerak. Lekin bizning aholi turmush dorajasi hozira bunga tayyor emas. Agar narxlarni erkin qo‘yib yuborsak aholi uni qayerdan to‘laydi?, - deb murojaat qildi prezident.

Iqtisodimizdagi energiya sarfi boshqa davlatlarga qaraganda 2 baravar ortiqcha. Chunki bizda eski uskunalar ishlamoqda. Toshkentda energiya ishlab chiqaruvchi korxonalarda 1956, 1985, 1986-yillarda ishlab chiqilgan uskulardan foydalanilmoqda. U paytlarda hech kim energiyani iqtisod qilmagan va buni o‘ylamagan.
Biz shoshmasdan, yetti marta o‘lchab, adolatli yo‘lga o‘tamiz. Energetia sohasida bozor narxlariga o‘tishdan oldin adolatli zamin yaratamiz.

Energetika sohasida yangi tizimga qanday o‘tadi:

Mahallabay ishlab, temir daftarga kiritilgan, eng qiynalgan kishilarga 2-3 yilllik subsidiya beriladi;
Daromadi yaxshi bo‘lgan, uyida 3ta sauna 20ta televozori borlar - xohlaganicha olishi mumkin, lekin bozor narxida. "Hozir boy ham kambag‘al ham bir xil narxda olayapti. Bu adolatsizlik", - dedi prezident.
Energiya samaradorligini oshirish. Buning uchun biz yangi milliy dastur qabul qilinadi. Uy, ishxona, bog‘cha maktab va ko‘chalarda energiyani qadriga yetish, uni tejashni o‘rgatish kerak. Bu hatto qonunlarda ham mustahkamlash vaqti kelgan.
Yirik, o‘ziga to‘q korxonalar o‘zlari uchun quyosh panellari o‘rnatib o‘zini o‘zi ta’minlasa, bo‘shagan energiyani biz xalqqa beramiz. Aks holda biz korxonalarni o‘chiramiz", - dedi prezident.
Barcha davlat tashkilotlari kelgusi 3-yil ichida quyosh pagnellari va kollektorlar o‘rnatadi. Ushbu maqsadda 2 milliard dollar investitsiya ajratiladi.
Aholi xonadonlari uchun quyosh panellariga ajratilgan subsidiyalarni 2 baravar ko‘paytiramiz.
Shunday qilsak biz xudo bergan 320 kunlik quyoshli kunlarimizdan iqtisodiyotimiz uchun samarali foydalanishimiz mumkin. Yashil energetikaga tezroq o‘tmasak aholimizni rozi qila olmaymiz.

Qazib olinayotgan gaz hajmini oshirish maqsadida 10-yillik dastur qabul qilamiz, oldin qazib olinmagan chuqur qatlamlarga 6km dan ham chuqurroq qazishga urinib ko‘rdik.Gaz bor lekin 6km tushish qimmat, lekin boshqa yo‘limiz yo‘q, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yil yakunida prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasi - mamlakat hayotida muhim voqeadir. Murojaatnomada yilning asosiy ko‘rsatkichlari, erishilgan yutuqlar hamda oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalar belgilab olinadi. Shuningdek kelayotgan yangi yilning nomi ham e’lon qilinadi.
O‘zbekistonda har bir yilni hayotning ma’lum bir sohasiga bag‘ishlash an’anasi 1997-yildan buyon amalga oshirilib kelinmoqda.