Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya QK Donesk yo‘nalishida yuzdan ortiq ukrainalik askarni yo‘q qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi yuzdan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, piyoda askarlarning to‘rtta jangovar mashinasi va ikkita avtomobili yo‘q qilinganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 20 dek - Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Donesk yo‘nalishida hujum amaliyotlarini davom ettirib, yuzdan ortiq ukrainalik askarni yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligining 20-dekabrdagi maxsus operatsiyaning borishi haqidagi hisobotida aytilgan.
Rossiya harbiy xizmatchilari DXRning Ivano-Daryevka, Baxmut va Orlovka tumanlaridagi dushman pozitsiyalariga hujum qildi.

“Ukraina Qurolli kuchlari pozitsiyalarini kompleks o‘t ochish natijasida yuzdan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, piyoda askarlarning to‘rtta jangovar mashinasi va ikkita avtomobili yo‘q qilindi”, - deyiladi xabarda.

24 fevraldan beri Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilmoqda. Vladimir Putin uning yakuniy vazifasini Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratish deb atagan.