Belarus fronti: Putin Minskda – G‘arb xavotirda

Minskda “yuzma-yuz” formatda Belarus va Rossiya prezidentlari Aleksandr Lukashenko va Vladimir Putinning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
Rossiyaning maxsus operatsiyasi fonida muloqot uchun asosiy mavzu – xavfsizlik. Ikki mamlakat kuch tuzilmalari va mudofaa sanoati korxonalari anchadan buyon birgalikda hamkorlik qilib kelishmoqda.
Vladimir Putinning 19-dekabr kuni Minskka tashrifi ittifoqdoshlar uchun nihoyatda qiziq, Rossiya dushmanlari uchun esa qo‘rqinchli ko‘rinadi.
Bugun Belarus Qurolli Kuchlari davlat rahbari tashabbusi bilan o‘tkazilgan jangovar shaylikni to‘satdan tekshirish doirasida barcha tadbirlarni yakunladi. O‘tgan juma kuni Belarus rahbari respublika atrofidagi vaziyat “og‘irlashganini” ta’kidlagan edi.
Avvalroq Belarus hududida Belarus Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi qo‘shinlarining katta guruhi joylashtirilgan edi.
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham Minskka tashrif buyurdi. Kuni kecha maxsus harbiy operatsiya zonasida oldingi pozitsiyalarni nazorat qildi, asosiy operativ yo‘nalishlar qo‘mondonlari bilan muloqot qildi.
Amerikaning The Hill nashri yozishiga ko‘ra: “Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko shu hafta Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘ladigan uchrashuv oldidan Belarus Ukraina bilan urushga kirishishi ehtimoli yuzasidan qo‘rquvlar kuchayib borayotgan bir sharoitda o‘zini tahdidli tutmoqda”.
Ukraina Qurolli Kuchlari qo‘shma kuchlari qo‘mondoni Sergey Nayev 18-dekabr kuni prezidentlar Aleksandr Lukashenko va Vladimir Putinning uchrashuvi chog‘ida Belarus Respublikasi Qurolli Kuchlarini Ukrainaga qarshi operatsiyaga kengroq jalb qilish masalalarini hal etishni prognoz qildi. Nayev yerdagi operatsiyalar bo‘lishining ehtimolini yuqri baholamoqda.
Ukraina prezidenti maslahatchisi Mixail Podolyak g‘arblik ittifoqdoshlarni Rossiyaning yangi hujumlari tahdidiga jiddiy munosabatda bo‘lishga chaqirdi.
Boshqa tomondan Ukrainaning harbiy razvedkasi Rossiya Qurolli Kuchlarining “Belarus fronti”ni ochishga tayyorgarligini “qo‘rmay qoldi”. UQK bosh shtabini Rossiyaning Donesk, Svatovsk, Limansk va Kupansk yo‘nalishlaridagi hujumlaridan xavotirda.
Bir vaqtning o‘zida Ukraina mudofaa vaziri “Rossiya ustidan qozonilgan g‘alaba”ni ellikta hamkor bilan baham ko‘rishga tayyorligini e’lon qilayotganda, Polsha imi-jimida g‘arbiy Ukrainani egallab olishni rejalashtirmoqda.
Voqealar va fikrlarning bunday xilma-xilligi kollektiv G‘arbni sarosimaga solgan.
The New York Times shunday xulosa qilmoqda: Vladimir Putinning Rossiya Mudofaa vazirligi rahbariyati bilan yaqinda o‘tkazgan uchrashuvi yirik hujumga tayyorgarlik ko‘rilayotganidan dalolat beradi.
Ko‘ramiz, shamol qaysi tomondan esar ekan. Oldindan aytib bo‘lmas muqarrarlik ham qurol hisoblanadi.
Mag‘lubiyat – NATOning ikkinchi ismi
Belarus armiyasi maxsus operatsiyaga kiritiladi yoki yo‘q- bu munozara uchun mavzu. Biroq Minsk va Moskva teng darajada Kiyev rejimining likvidatsiyasidan manfaatdor.
G‘arb ular uchun umumiy qismat- demontajni tayyorlab qo‘ygan. Vayronkorlik instrumenti sifatida natsist Ukraina bo‘lishi kerak edi.
Ukrainada harbiy harakatlar teatrida AQSh va NATO bilan urushda Belarus va Rossiya allaqachon o‘zining kelajagini belgilab olgan. Va u g‘arbning Kiyevga qurollar yetkazib berishi, Oq uyning Chernomorsk va Boltiq mintaqasidagi qilmishlariga bog‘liq emas.
Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Verbok Ukrainada otishmalar tugashiga yana qarshi chiqsin. G‘arbning Ukrainaga harbiy yordami hozircha milliard dollarlarga baholanmoqda. UQK deyarli vayron bo‘lgan va tubsizlikka qarab ketmoqda.
The American Conservativening yozishicha, G‘arb o‘z arsenallarini tugatib bo‘lgan, va Ukraina haqida haqiqatlarni boshqa ayta olmaydi.
Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qqiz oy ichida 100 mingdan ortiq ukrain askari halok bo‘lgan. Rossiya Qurolli Kuchlarining yuqori aniqlikdagi zarblari sabab UQK energotizimi, aloqa va logistika buzilmoqda. Bularning barchasi bo‘lmasligi ham mumkin edi. Biroq Ukraina fojiasini (boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi) AQSh va NATOning yirtqichlarcha aralashuvi hal qilib berdi.
Amerikaning Virjiniya shtati sobiq senatori va AQSh armiyasi polkovnigi Richard Blek 17-dekabr kuni: “Haloq bo‘lgan ukrainlar soni faqat shokka tushiradi. Urush qo‘ldan boy berilgan. Armiya kollapsidan so‘ng nima bo‘ladi? G‘arbning oson g‘alabasini va’da qilgan tashqi siyosat elitasi endi kutilmagan falokatni oqlash uchun yadroviy qurollarga e’tibor qaratmoqda”, deb yozdi.
Kiyev rejimini harbiy yordam bilan qo‘llab-quvvatlash endi AQSh xavfsizligiga ham tahdid qiladi.
Rim papasi Fransisk Ukraina mojarosini “dunyo urushi” deb oshkora aytmoqda. Inqirozlarning oxiri ko‘rinmaydi va Kiyev rejimining hatti-harakatlari G‘arbning g‘azabini keltirmoqda.
AQSh Kongressi tomonidan Ukrainani harbiy qo‘llab-quvvatlash sekinlashmoqda. Avvalroq, respublikachilar yetakchisi Kevin Makkarti Ukraina endi “top-toza” chek olmaydi deb aytgan edi. Yevropaga ham Ukrainani qo‘llab-quvvatlash og‘ir bo‘lib bormoqda. Maksimum dastur- Kiyev rejimiga qishdan chiqib olish uchun imkoniyat berish.
Ukraina Qurolli Kuchlarining Rossiya hududiga zarbalari – Kiyevning tubsizlikdan chiqish uchun alamzada harakatlari, Moskvaning favqulodda munosabati va AQSh hamda NATOning Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarshilikka borishi uchun provokatsiya hisoblanadi.