Bolalar shifokori Ismail Osmanovning fikricha, bolalarda meyordan ortiq shirinlik iste’mol qilishi oziq-ovqatlarga allergiya, ovqat hazm qilinishda buzilishlar, qorinda og‘riq, ich qotishi, ko‘ngil aynishiga olib kelishi mumkin.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yosh bolalar uchun quyidagi miqdorda shirinlik iste’mol qilishni tavsiya etadi:
4 yoshgacha bo‘lgan bolalarga shakar, shirinlik iste’mol qilish mumkin emas,
4-6 yoshdagi bola uchun sutkalik shakar miqdori 19 gramm yoki 4 choy qoshiqdan oshmasligi kerak,
7-10 yoshli bolalarga - 24 gramm yoki 5 choy qoshiq meyor hisoblanadi,
11 yoshdan oshgan bolalar uchun 6 choy qoshiq shakar salomatlik uchun xavfsiz.
Agar bitta konfeta o‘rtacha 13-15 gramm bo‘lsa, shundan 8-12 grammi shakarga to‘g‘ri keladi.