UQK Doneskdagi kasalxonani o‘qqa tutdi – video

Ukraina armiyasi o‘qqa tutgan Kalinin nomidagi kasalxonada bir bemor vafot etdi.
Sputnik
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Doneskdagi Kalinin nomidagi kasalxona korpusi Ukraina harbiylari o‘qqa tutishi oqibatida zarar ko‘rdi. Bu haqda shahar meri Aleksey Kulemzin ma’lum qildi.
O‘qqa tutish vaqtida og‘ir jarohat olgan bemor vafot etgan. Avvalroq bir necha kishi o‘rtacha og‘ir jarohat olgani ma’lum qilingandi.
DXR rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilin vafot etgan bemorning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
Bemorlar omon qolgan boshqa palatalarga evakuatsiya qilingan. RIA Novosti muxbirining aniqlik kiritishicha, o‘qqa tutish oqibatida kasalxonaning uchta korpusi zarar ko‘rgan.
Ukraina Qurolli kuchlari Doneskni muntazam o‘qqa tutib keladi. 15-dekabr kuni berilgan zarbani shahar meri sakkiz yil ichidagi eng ko‘lamli zarba bo‘lganini ma’lum qilgan edi.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.