Toshkentning ikki tumanida bir kun suv bo‘lmaydi

Suvsiz qolgan hududlarga ichimlik suvi maxsus texnikalarda yetkazib beriladi.
Sputnik
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Toshkentning ikki tumanida ertaga, 20-dekabr kuni Toshkentning ikki tumanida suv ta’minoti uziladi. Bu haqda “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ matbuot xizmati xabar berdi.
Sergeli tuman Qipchoq ko‘chasidan o‘tuvchi yer ustki metro yo‘li qurilish ishlari munosabati bilan D-1000 mm bo‘lgan ichimlik suv tarmog‘ini ko‘chirib o‘tkazilgan qismini qayta ulash ishlari amalga oshiriladi.
Shu sababdan 20-dekabr soat 9:00 dan 21-dekabr soat 9:00 gacha quyidagi manzillar vaqtincha suvsiz qoladi:
Sergeli tumani bo‘yicha: “Qorasuv”, “Taraqqiyot”, “Xonabod”, “Qushbegi”, “Xonabodtepa”, “Quruvchilar”, “Daryo bo‘yi”, “Fayzli”, “Jaloir”, “Qipchoq”, “Sug‘diyona”, “O‘zgarish”, “Habibiy”, “Temir yo‘lchi”, “Shukur Burxonov”, “Yangi Sergeli”, “Tinchlik”, “Guliston”, “Bobur”, “Ittifoq”, “Nilufar”, “Humo” mahallalari, 1-sektor shtabi, qabriston, masjid, asfalt zavod va har xil turdagi ishlab chiqaruvchi korxonalar, 8-qozonxona (TS-8), TBK nasos stansiyasi, yong‘inga qarshi kurash bo‘limi, “Rersi” zavodi, “Paxta tola” zavodi, g‘isht zavodi, bojxona ombori, 25-sonli o‘rta maktab.
Yangihayot tumani bo‘yicha: “Qipchoq”, “Yo‘ldosh”, “Al-Farg‘oniy”, “Viqor”, “Olchazor”, “Do‘stlik”, “Chortoq”, “Charog‘on”, “Toshkent” mahallalari, 1-sonli tug‘uruq kompleksi, 37-sonli poliklinika, teri tanosil shifoxonasi (KVD), o‘likxona, Yangihayot hokimiyati, “Doka xleb”, metall zavodi, 12-avtobus parki, “Green park”, “Evrika” xususiy bog‘chasi.
Qayd etilishicha, suvsiz qolgan hududlarga ichimlik suvi maxsus texnikalarda yetkazib beriladi.