Rossiya Arktika uchun kurashda AQShni ortda qoldirmoqda – OAV

“Politico” nashri AQSh Arktika uchun kurashda Rossiyadan allaqachonortga qolganini ta’kidlamoqda.
Sputnik
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Rossiya so‘nggi ikki o‘n yillikda Arktika mintaqasi uchun kurashda Qo‘shma Shtatlarni ortda qoldirmoqda, deya yozadi “Politico” nashri shahrlovchisi Kennet Rozen.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva o‘zining atom muzorar floti, suv osti kemalarini kuchaytirmoqda, foydali qazilmalar, neft quduqlarini qazishni rivojlantirmoqda, 2025-yilga kelib ochilishi mumkin bo‘lgan yangi Shimoliy dengiz yo‘li yoki Transqutb dengiz yo‘li ustidan nazorat o‘rnatishni rejalashtirmoqda.
“Bu paytda Amerika tajribasi va imkoniyatlari kamligi sharoitida quvlashmachoq o‘ynayapti”, - deb hisoblaydi Rozen.
Uning tushuntirishicha, AQShning 2 ta muzorari bor, Rossiyaniki esa 50 tadan ziyod. Alyaskada AQShning Arktik chuqur portlari yo‘q, Rossiya esa Arktika sohili bo‘ylab 50 taga yaqin bazasini modernizatsiya qilgan.
Rossiya Arktikani egallab olayotgani AQShni g‘azablantirmoqda