O‘zbekistonliklar 11 oyda elektromobil xaridiga qancha sarflashdi

Elektromobillar importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1223 taga oshgan.
Sputnik
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. O‘zbekiston joriy yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan qiymati 61,3 million dollarga teng bo‘lgan 1912 dona elektromobil import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.

“Elektromobillar importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1223 taga oshgan”, - deyiladi xabarda.

O‘zbekiston joriy yilning 11 oyida eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar:
• Xitoy – 1 675 dona;
• BAA – 111 dona;
• Germaniya – 56 dona;
• Gonkong – 42 dona;
• Litva – 10 dona;
• Koreya – 7 dona;
• Boshqa davlatlar – 11 dona.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish uchun qator yengilliklar berilishi xabar qilingan edi. Xususan, O‘zbekiston elektromobillarini sotib olish uchun olinadigan kredit foizlarining ma’lum bir qismi davlat qoplab berishi ko‘zda tutilmoqda. 2023-2025 yillarda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar va davlat ulushi 50 foizdan ko‘p bo‘lgan korxonalarning elektromobillar xarid qilishi ham qo‘llab-quvvatlanadi.
Elektromobillarda yo‘lovchi tashish xizmati ko‘rsatuvchi shaxslarga litsenziya uchun davlat boji to‘lashda yengillik beriladi.