TOShKENT, 19 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik kikboksingchilar Osiyo chempionatida 24 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, 18-dekabr kungi bahslarda o‘zbekistonlik kikboksingchilar 6 ta oltin medal sovrindori bo‘lishdi. Bular:
Abdumurotov Davlatbek — 67 kg;
Kosolapov Sergey — 69 kg;
Maxmudov Nazarbek — 51 kg;
Baratov Hasanxon — 91 kg;
Azimov Murodbek — 91 kg;
Baratov Husanxon — 91 kg.
Osiyo chempionatida 22 nafar kikboksing sport ustasi 27 ta yo‘nalishda O‘zbekiston sharafini himoya qildi. Chempionat sarhisobiga ko‘ra sportchilar 24 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 10 tasi oltin, 9 tasi kumush va 5 tasi bronza medallar.
Bundan tashqari, sportchilarning 6 nafari Jang san’ati jahon o‘yinlari yo‘llanmasi uchun belgilangan vazn toifasida kurashib, ularning uchtasi keyingi yil Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadigan Jahon o‘yinlari musobaqasida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bular:
Istamov Zarifjon — 60 kg;
Kosolapov Sergey — 69 kg;
Choriyeva Malika — 65 kg.