Jahon chempionati-2022: eng yaxshilar aniqlandi

Futbol bo‘yicha 2022-yilgi jahon chempionatining eng yaxshilari aniqlandi.
Sputnik
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Qatarda bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha 2022-yilgi jahon chempionatida Argentina Fransiya ustidan g‘alaba qozondi va uch karra jahon chempioni bo‘ldi.
Argentina jamoasi taqdirlash marosimida
Shu bilan birga chempionatning eng yaxshilari aniqlandi. Musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi loyiq ko‘rildi. Messi mundial davomida 7 ta gol urdi va uchta golli uzatmani yoz nomiga yozdirib qo‘ydi.
Lionel Messi
Eng yaxshi yosh o‘yinchi sifatida Argentina futbolchisi Enso Fernandes e’tirof etildi.
Enso Fernandes
Argentina darvozaboni Emiliano Martines esa musobaqaning eng yaxshi darvozaboniga topshiriladigan “Oltin qo‘lqop”ga munosib ko‘rildi.
Emiliano Martines
Fransiya jamoasi yulduzi va finalda xet-trik qayd etgan Kilian Mbappe “Oltin butsi”li bo‘ldi. Futbolchi musobaqa davomida 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Kilian Mbappe