“Yetakchi ommaviy axborot vositalari va Bayden ma’muriyati Ukraina Rossiyani mag‘lub etayotganiga ishontirmoqda. Lekin jang maydonidagi faktlarning o‘zi bu versiyaga to‘g‘ri kelmaydi va Vashingtonda bu haqda bilishadi. Militaristlar ularning Kiyevga nisbatan bema’ni siyosati Rossiyani Ukrainadan siqib chiqara olmaganini tushunadi. Afsuski, bu tashqi siyosat muvaffaqiyatsizligidan katta yo‘qotishlarni aynan ukrainaliklar ko‘tarmoqda. Ularning millati globalist Amerika imperiyasi uchun yo‘q qilindi”, - deyiladi maqolada.
“Ukraina o‘n minglab odamlarning hayoti va infratuzilmasining ko‘p qismini yo‘qotish orqali nimaga erishdi? Ko‘plab ukrainaliklar yaqinlarini yo‘qotdi va ular Ursula fon der Lyayen, Jo Bayden va ularning neokon tarafdorlari kabi odamlarni deb shafqatsiz qishni boshdan kechirishlari kerak. G‘arb yetakchilari uchun haqiqatga yuz tutish va ukrainaliklarni bu insoniy fojiadan qutqarish uchun muzokara boshlash vaqti keldi”, - deb xulosa qilinadi maqolada.