“Bloomberg” Yevropa energiya inqirozidan qancha zarar ko‘rganini baholadi

Yevropa energetika bozorida vaziyat 2026-yilgacha o‘nglanmasligi taxmin qilinyapti.
Sputnik
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Yevropa energetika inqirozi tufayli taxminan 1 trillion dollar yo‘qotdi. Bu haqda "Bloomberg" agentligi o‘zining hisob-kitoblariga asosan xabar bermoqda.
“Taxminan 1 trillion dollar... iste’molchilar va korxonalar uchun qimmatroq energiyaning umumiy oqibatini ifodalaydi, uning bir qismi... yordam paketlari bilan qoplandi”, - deyiladi agentlik xabarida.
"Bloomberg" ma’lumotlariga ko‘ra, “so‘nggi o‘n yillikdagi eng chuqur inqiroz” endi boshlanmoqda. Agentlikning ta’kidlashicha, energiya bozoridagi vaziyat AQSh va Qatardan yangi ta’minot yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan 2026-yilgacha keskin bo‘lishi kutilmoqda.

“Bu yuqori narxlarda hech qanday tanaffus bo‘lmasligini anglatadi”,- deb yozadi nashr.

Ma’lumot uchun, Rossiyaning Ukrainada maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng G‘arb Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirdi. Yetkazib berish zanjirlarining uzilishi Yevropa va AQShda yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keldi.