“Bu voqea O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi. Ishonchimiz komilki, bugun o‘z eshiklarini ochayotgan ko‘rgazma buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning insonvarparlik an’analarini saqlab qolgan Abay ijodini yanada yaxshiroq anglashga imkon beradi. Uning xalqlar tinch-totuvlikda yashashlari kerakligi, Sharq va G‘arb hamjihatligi haqidagi g‘oyalari bugungi kunda o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan”, - dedi Abduhakimov ochilish marosimida.
“Alisher Navoyi va Abay ijodi – nafaqat turkiy, balki umuminsoniy qadriyatlarni mujassamlashtiruvchi buyuk meros. Garchi har ikki mutafakkir turli vaqtlarda yashab ijod qilishgan bo‘lsada, ularni insonparvarlikka intilish va nazmdagi islohotchilik ruhi birlashtirib turadi. Ular ikki qardosh xalqlarning ma’naviy arkonlaridir”, - deya ta’kidladi Abayev.