Zominda fotoqopqon obyektiviga bo‘rilar muhrlandi

Qo‘riqxona xodimlarining aytishicha, bu holat bo‘rilar haqida aniq kuzatuvlar olib borishga va yashash tarzi haqida ma’lumotlar olishga imkoniyat yaratadi.
Sputnik
TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Zomin davlat qo‘riqxonasi hududiga o‘rnatilgan fotoqopqon obyektiviga bo‘rilar muhrlandi. Bu haqda Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Kunduzi va tunda olingan ushbu suratlar bo‘rilarning ma’lum bir yo‘lda doimiy yurishini ko‘rsatadi. Qo‘riqxona xodimlarining aytishicha, bu holat bo‘rilar haqida aniq kuzatuvlar olib borishga va yashash tarzi haqida ma’lumotlar olishga imkoniyat yaratadi.
Zomin davlat qo‘riqxonasi
Ma’lumot uchun, bo‘ri itsimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchi hayvon bo‘lib, Yevropa, Osiyo, Amerikada keng tarqalgan.
O‘zbekistonda o‘rmon, to‘qay, tog‘ va tog‘ oldi etaklarida ko‘p uchraydi. Qor va muz bilan qoplangan baland tog‘larda ham yashaydi.