TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Janubiy harbiy okrugga amaliy tashrifi chog‘ida maxsus operatsiya o‘tkazilayotgan hududdagi qo‘shinlar guruhini tekshirdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Shoygu vertolotda qo‘shinlar to‘plangan joylarni aylanib ko‘zdan kechirgan, Rossiya bo‘linmalarining oldingi pozitsiyalarini tekshirgan.
“Jangovar harakatlar ketayotgan joyda Sergey Shoygu Rossiya harbiylari bilan suhbatlashdi va shaxsiy tarkibga jangovar vazifalarni munosib bajargarlik uchun minnatdorchilik bildirdi”, - deyilgan xabarda.
Guruhlarni boshqarish punktida Shoygu qo‘mondonlarning hozirgi vaziyat va Rossiya Qurolli kuchlarining xatti-harakatlarini to‘g‘risidagi ma’ruzalarini tinglagan.
Ta’kidlanishicha, Rossiya vaziri qo‘shinlarni har tomonla ta’minlash, shaxsiy tarkibni dala sharoitida joylashtirish hamda tibbiyot va front ortidagi bo‘linmalar ishini tashkillashtirishga aholida e’tibor qaratgan.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin maxsus harbiy operatsiyada ishtirok etayotgan harbiy bo‘linmalarning qo‘shma shtablari ishi bilan tanishib, ularning hisobotini tinglagan edi.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.