Bu qiziq

Qon bosimini o‘lchashga odatlanish kasalliklarni oldini olishga yordam beradi - mutaxassis

Qon bosimini o‘lchash uchun qanday tonometr sotib olish va undan qanday foydalanish haqida materialimizda o‘qing.
Sputnik
Qon bosimni o‘lchashga odatlanish kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va uni oldini olishga yordam beradi. Shifokorlar 35 yoshdan oshgan barcha insonlar uchun uydagi birinchi yordam qutisida tonometr bo‘lishini maslahat berishadi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Zamonaviy tonometrlar nafaqat "yuqori" va "pastki" bosim ko‘rsatkichlarini aniqlaydi. Shuningdek, ular puls yoki yurak urishi kabi ko‘rsatkichni hisoblaydi.
Qon bosimini uyda o‘lchash uchun har tomonlama qulay qurilmaga ega bo‘lish lozim. Tonometrlarning uchta asosiy turi mavjud: mexanik, yarim avtomatik va avtomat.
Avtomat tonometrlar qoida tariqasida, mexanik va "yarim avtomat"larga qaraganda qimmatroq. Biroq, "mexanika" dan foydalanish, ayniqsa, keksalar uchun qulay bo‘lmasligi mumkinligini hisobga olish kerak.
Qayd etilishicha, ba’zi fuqarolar bosimni ketma-ket bir necha marta o‘lchashni afzal ko‘rishadi va keyin o‘rtacha qiymatni olishadi. Ammo bu holatda o‘lchov natijalari noto‘g‘ri bo‘ladi.
Bir qo‘lda o‘lchovlar orasida kamida 10 daqiqa vaqt o‘tishi kerak. Agar bosim ikki qo‘lda navbatma-navbat o‘lchansa, ko‘rsatkichlar orasidagi farq taxminan 10 birlikni tashkil qilishi mumkin. Bu normal holat.
Tonometrning manjetini kiyimning ustiga qo‘yish mumkin emas, bu qism (va ichidagi sensorlar) faqat teriga tegishi kerak.