TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Omsk davlat universiteti va Navoiy davlat pedagogika instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Rossiya Federatsiyasining Omsk viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiya Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi. Delegatsiya vakillari - Omsk davlat universiteti rektori Sergey Zamatin va Omsk ta’lim vaziri Tatyana Dernova tashrif davomida Navoiy davlat pedagogika institutida ham bo‘lishdi.
Navoiy davlat pedagogika instituti
© Navoiy viloyati hokimligi
Uchrashuvda oliygohda yoshlarni zamon talablari asosida bilim olishi, ilmiy salohiyat, professor-o‘qituvchilar tomonidan yaratilayotgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish, talabalar almashinuvini ta’minlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ma’lumot uchun, ayni kunda Navoiy davlat pedagogika institutida 10 dan ortiq xalqaro universitetlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Hozirda institutda jami 10140 nafar talaba tahsil olmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Omsk viloyati gubernatori Aleksandr Burkov Jizzax va Navioiy viloyati hokimlari bilan uchrashgandi.