Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

LXRda bolakay qo‘lida bayroq bilan rossiyalik harbiylarni qarshi olmoqda – video

Troiskdan bo‘lgan bolakayning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari ularni himoya qilishmoqda. Shuning uchun u ularni har safar qo‘lida Rossiya bayrog‘i bilan qarshi oladi.
Sputnik
Lugansk Xalq Respublikasida (LXR) mahalliy bolakay Rossiya bayrog‘i bilan rossiyalik harbiylarni qarshi olmoqda.
Yosh Andreyning onasining so‘zlariga ko‘ra, u deyarli har kuni harbiy xizmatchilar kolonnasini kutib olish uchun Troisk yo‘liga chiqadi.
“Chunki ular bizni himoya qilishadi”, - deya tushuntiradi o‘z harakatini Andrey.
Bolakayning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar unga sovg‘alar berib turishadi.
“Shlemni KamAZda berishdi, zihrli kiyimni esa harbiy jipdagilar berishdi”, - deydi u.
Andreyning onasi o‘g‘lining tashabbusiga ijobiy qarashini ta’kidladi.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.