TOShKENT, 18 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar karate WKF bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Poytaxtda o‘tayotgan karate WKF bo‘yicha qit’a birinchiligining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda so‘z olgan Nasir Al Razuqi musobaqa davlatning qo‘llab-quvvatlashi bilan yuqori saviyada tashkil etilgani, ishtirokchi davlatlar uchun barcha sharoitlar yaratilganini ta’kidlab o‘tdi.
Ochilish marosimidan so‘ng kechki dasturdan o‘rin olgan final bahslariga navbat berildi. Reglamentga ko‘ra, musobaqada 16-17, 18-21 yosh toifasidagi sog‘lom sportchilar, shuningdek, para karatechilar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medallariga ega bo‘ldi.