TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya i demilitarizatsiya qilishga oid maqsadlariga erishadi. Bunga Donbassdagi vaziyatni ko‘p marotaba yoritgan kanadalik jurnalist Yeva Bartlet ishonch bildirdi.
“Umid qilamanki, Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya i demilitarizatsiya qilishga oid maqsadlariga erishadi”, - dedi u Shiller instituti tashkil etgan onlayn anjumanda. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Shuningdek, Bartlet oxir-oqibat Ukrainadagi hukumat tepasiga korrupsiyadan xoli kishilar kelishiga umid bildirdi.
“Rossiya Ukrainaga hamisha o‘zaro manfaatli hamkorlikni taklif qilgan”, - deya qayd etdi jurnalist.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.