TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, iste’dodli yozuvchi Sobir O‘nar 58 yoshida vafot etdi. Bu haqda uyushma axborot xizmati xabar berdi.
Sobir O‘nar 1964-yil 25-fevralda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanidagi Quvkalla qishlog‘ida tug‘ilgan. 1986-yilda ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Sobir O‘nar “Kunsuluvning xatlari” nomli ilk hikoyasini yozgan. Shundan so‘ng yozuvchining “Orzuga to‘la qishloq” (1989), “Ovloq adirlar bag‘rida” (1990), “Chashma” (1991) hikoyalar to‘plamlari nashr etilgan.
Qoraqalpoq adibi X.Tojimurodovning “Ov hangomalari” (1990) hamda turk yozuvchisi Bakir Yulduzning “Karbalo fojiasi” qissasini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.