TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Rossiya armiyasi Donesk xalq respublikasidagi (DXR) Yakovlevka aholi punktini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
“Donesk yo‘nalishida Rossiya bo‘linmalarining hujumkor harakatlari natijasida DXRdagi Yakovlevka aholi punkti nazoratga olindi”, - deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, hozir harbiylar u yerni Ukraina armiyasidan tozalamoqda.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.