Xorazm viloyati hokimi Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi bo‘ldi

Prezidentning farmoni bilan Farxod Urazbayevich Ermanov Xorazm viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.
Sputnik
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Xorazm viloyati hokimi Farxod Ermanov Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi bo‘ldi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Prezidentning farmoni bilan Farxod Urazbayevich Ermanov Xorazm viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.
U Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi lavozimiga tasdiqlandi.