TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Xorazm va Andijon viloyatlariga mini meteorologik stansiyalar o‘rnatildi.
Xorazm viloyatining bir nechta hududlari va Andijon viloyatining 5 ta tumani bog‘dorchilik maydonlariga mini meteorologik stansiyalar o‘rnatildi.
Mini meteorologik stansiya ma’lumotlari tez orada data.meteo.uz portali mini meteorologik stansiya bo‘limiga integratsiya qilinib, meteo ma’lumotlarni har 10 minutda onlayn ko‘rish imkoni yuzaga keladi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda Shavkat Mirziyoyev meteorologiya xizmatining moddiy-texnik ta’minotidagi kamchiliklar haqida gapirib, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida lokatorlar o‘rnatish, barcha stansiyalarni avtomatlashtirish, yangi stansiya va postlar qurish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.