TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi xabar berdi.
Navoiy viloyati Navoiy shahri "Yoshlar markazi" binosida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy Majlis Senatida Navoiy viloyatidan bo‘shab qolgan o‘rin uchun saylov o‘tkazildi.
Normat Tursunov
© Navoiy viloyati hokimligi
Sanoq komissiyasi tomonidan e’lon qilingan natijaga ko‘ra, viloyat hokimi Senat a’zoligiga saylandi.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Normat Tursunov Navoiy viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.