Farg‘ona viloyati meva va sabzavotlar eksportida yetakchi hududga aylandi

Farg‘ona viloyati xorijga 289,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Farg‘ona viloyati meva va sabzavotlar eksportida yetakchi hududga aylandi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yanvar-noyabr oylarida Farg‘ona viloyati xorijga 289,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Meva va sabzavotlar eksportidagi eng past ulush Navoiy viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.
Meva va sabzavotlar eksport qilgan hududlar:
Toshkent viloyati – 217 ming tonna
Samarqand viloyati – 180,1 ming tonna
Surxondaryo viloyati – 157 ming tonna
Xorazm viloyati – 144 ming tonna
Namangan viloyati – 141,5 ming tonna
Andijon viloyati – 106,8 ming tonna
Toshkent shahri – 89,1 ming tonna
Jizzax viloyati – 77,1 ming tonna
Buxoro viloyati – 67,6 ming tonna
Qashqadaryo viloyati – 49,3 ming tonna
Sirdaryo viloyati – 45,4 ming tonna
Qoraqalpog‘iston R. – 23,7 ming tonna
Navoiy viloyati – 10,6 ming tonna
Ma’lumot uchun, yanvar-oktabr oylarida Farg‘ona viloyati qariyb 200 million dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qildi. Bu yil eksport qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turi 55 taga yetgan.
Viloyatidan meva va sabzavot mahsulotlari eng ko‘p eksport qilingan davlatlar Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston bo‘ldi.