Zaxarova AQShning Rossiyani BMT Xavfsizlik Kengashidan chiqarish niyatiga izoh berdi

"Agar Rossiyani yo‘q qilish imkoni bo‘lganda, ular zudlik bilan qilishgan bo‘lardi" - Zaxarova.
Sputnik
TOShKENT, 16 dek – Sputnik Agar Rossiyani bosib olish yoki yo‘q qilish imkoni bo‘lganda, AQSh zudlik bilan buni qilgan bo‘lardi, deya Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyerning so‘zlariga izoh berdi Mariya Zaxarova.
Avvalroq, Oq uy matbuot kotibi agar Rossiyani BMT Xavfsizlik Kengashidagi ishtirokini to‘xtatish yo‘li bo‘lsa, AQSh darhol undan foydalanishini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda AQSh bunday imkoniyatni ko‘rmayapti, shu sababli Moskvani xalqaro maydonda izolyatsiya qilishga harakat qilayotganini aytdi.

“Agar Rossiyani yo‘q qilish imkoni bo‘lganda, ular zudlik bilan qilishgan bo‘lardi. Agar butun neft, gaz, oltin olmos va ichimlik suvini bosib olish imkoni bo‘lganda, darhol bunga kirishgan bo‘lardi. Agar koinotni egallashning yo‘li bo‘lsa, buni ham qilishgan bo‘lardi. Xudoga shukrki, bularning yo‘li yo‘q. Aks holda, ular bunga kirishishgan bo‘lardi”, - deb yozadi Zaxarova o‘z telegram kanalida.

Avvalroq, Vasiliy Nebenzya Rossiyani BMT tashkilot nizomiga muvofiq Xavfsizlik Kengashidan chiqarishning imkoni yo‘qligini aytgan edi.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Vershinin o‘z navbatida, tashabbusni amalga oshirib bo‘lmaydigan deb atadi. Chunki BMT qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish uchun ularni a’zo davlatlarining uchdan ikki qismi, jumladan, Xavfsizlik Kengashining barcha doimiy a’zolari qo‘llab-quvvatlanishi va ratifikatsiya qilish zarurligini aytmoqda.
Xavfsizlik Kengashining doimiy tarkibida Rossiya, AQSh, Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiya mamlakatlari bor va barchasi veto huquqiga ega.