Rossiyalik taniqli operator Dmitriy Korobkin talabalar uchun mahorat darsi o‘tdi

Jonli muloqot zamonaviy kinematografiyadagi yangi yo‘nalishlar, kamera va aktorlar bilan ishlash mahorati, kartinani tasvirga olishdagi yechimlar haqidagi qiziqarli savol-javoblar bilan o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Rossiyalik taniqli operator Dmitriy Korobkin Toshkentda talabalar uchun mahorat darsi o‘tkazdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi.
Rossiyalik operator, rejissor, aktor va ssenariy muallifi Dmitriy Korobkin BDKI toshkent filialining operatorlik yo‘nalishi talabalari uchun mahorat darsi o‘tdi.
Ijodkor o‘zining boy tajribasini yosh operatorlar bilan o‘rtoqlashdi. Jonli muloqot zamonaviy kinematografiyadagi yangi yo‘nalishlar, kamera va aktorlar bilan ishlash mahorati, kartinani tasvirga olishdagi yechimlar haqidagi qiziqarli savol-javoblar bilan o‘tdi.
Dmitriy Korobkin
Ma’lumot uchun, Dmitriy Korobkin “Vladimir markazi”, “Kechir”(O‘zbekiston), “Oxirgi muddat”, “Yaroslav. Ming yil avval”, “Qushlar qo‘shig‘i” (Qozog‘iston) filmlarida operator, “Shivirlash”, “Shivirlash. Katta ish” filmlarida aktor va rejissor, “Klerk” filmining ssenariy muallifi hisoblanadi.