TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi Fazliddin Jamolov Perm xalqaro forumi doirasida o‘tkazilgan “Xalq diplomatiyasi yetakchisi” xalqaro tanlovida kumush medal sohibi bo‘ldi.
Tanlovda jami 23 ta davlat va Rossiyaning 34 ta hududidan notijorat sektor vakillari ishtirok etdi. Tanlov yakunida 18 nafar rossiyalik va 12 nafar xorijlik ishtirokchi uchrashdi.
Tanlov ishtirokchilari insonlar, hududlar, mamlakatlar o‘rtasida tinchlik va ishonchni mustahkamlashga yordam beradigan g‘oyalar, tashabbuslarni birgalikda ishlab chiqish uchun guruhlarga birlashtirildi.
Unga ko‘ra, finalchilar bir nechta qo‘shma loyihalarni taqdim etishdi. Masalan, Ruminiya, Rossiya, Gruziya, Indoneziya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikistonlik ishtirochilar asosiy shiori “Dunyo do‘stlikka to‘lsin” deb e’lon qilingan “Mir” xalqaro jamoatchilik diplomatiyasi markazini tashkil etish g‘oyasi bilan chiqishdi.
V Permi nagradili "Liderov narodnoy diplomatii"
© Assambleya narodov Rossii
“Men bu musobaqada faqat Yevroosiyo davlatlari ishtirok etishiga ishongandim, lekin bugun tanlov geografiyasi juda keng ekanligi meni hayratda qoldirdi. Bular Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq va hatto Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari. Men barcha ishtirokchilarga xalq diplomatiyasiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman”, deydi ShHTning O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobuljon Sobirov.
Xalqaro tanlovning o‘quv dasturi: ishtirokchilarining rus va xorijiy ekspertlar bilan bir qator uchrashuvlari, ma’ruzalar va topshiriqlarni bajarish, shuningdek seminardan o‘tish, taklif qilingan holatlarning amaliy echimlarini izlashdan iborat bo‘ldi.
V Permi nagradili "Liderov narodnoy diplomatii"
© Assambleya narodov Rossii