"Yangi O‘zbekiston" bog‘ida ilk qishki tadbirlar boshlanmoqda

"Yangi O‘zbekiston bog‘i" tashrif buyuruvchilar uchun o‘z faoliyatini boshladi.
Sputnik
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Yangi O‘zbekiston bog‘i qishki mavsum uchun ochildi. Bu haqda bog‘ ma’muriyati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugundan "Yangi O‘zbekiston bog‘i" tashrif buyuruvchilar uchun o‘z faoliyatini boshladi.
Eng kichik yoshdagi tashrifchilar uchun ilk qishki tadbirlar - kelayotgan dam olish kunlaridan (17-18 dekabr) "Karnaval" hududida boshlanadi.
“Yangi O‘zbekiston” bog‘i

“Sizlar uchun ko‘plab ko‘ngilochar dasturlar va tanlovlar tayyorlab qo‘yilgan”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bog‘ 5-dekabr kuni vaqtincha yopilgan edi. Hududda profilaktika ishlari olib borildi. "Yangi O‘zbekiston" bog‘idagi "Istiqlol" majmuasi ham Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari sababli vaqtincha yopilgandi.