TOShKENT, 15 dek — Sputnik. O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi.
Bosh konsulxona o‘zbekistonliklarni turli xil namoyishlarda ishtirok etmaslik va ularda qatnashishga da’vat etmaslikka chaqirgan.
“Bunday harakatlar qonuniy javobgarlikka tortilishga sabab bo‘lishi haqida ogohlantiramiz”, – deyiladi xabarda.