Pilla aholidan jahon birjalaridan kam bo‘lmagan narxda xarid qilinadi

Kelgusi yilda pillachilik sohasiga erkinlik beriladi.
Sputnik
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Kelgusi yilda pilla yetishtiruvchilarning manfaatdorligini oshirish maqsadida ushbu sohaga ham erkinlik beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligi o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Endi yetishtirilgan pilla aholidan jahon birjalaridan kam bo‘lmagan narxda xarid qilinadi.
Ta’kidlanishicha, bu kamida 500 ming aholini band qilib, ularning daromadini 2-3 baravar oshirish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, pilla yetishtiruvchilarga 2022-yil 1-yanvardan 2025-yil 1-yanvargacha pillaning har kilogrammi uchun 5 ming so‘m subsidiya berish belgilangan. 2022-yil 1-avgustgacha pillachilik korxonalariga ayrim tovarlarni eksport qilishda havo va temir yo‘llarida tashish xarajatlarining 50 foizigacha miqdori Davlat budjetidan kompensatsiya qilinadi.