O‘zbekistonda cho‘chqa grippi aniqlanmagan - Sanitariya-epidemiologiya xizmati

Respublika hududiga chetdan cho‘chqa grippi kasalligi kirib kelgan taqdirda ham o‘choqni qamrab olish va tugatish bo‘yicha barcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. O‘zbekistonda cho‘chqa grippi kasalligi aniqlanmagan. Epidemik vaziyat esa barqaror. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati axborot xizmati rahbari Maftuna Saidova Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, respublika hududiga chetdan cho‘chqa grippi kasalligi kirib kelgan taqdirda ham o‘choqni qamrab olish (lokalizatsiya) va tugatish (likvidatsiya) bo‘yicha barcha chora-tadbirlar boshqa o‘tkir respirator kasalliklarida qanday o‘tkazilsa, cho‘chqa grippida ham xuddi shunday tadbirlar amalga oshiriladi.

"Koronavirus epidemiyasi tugatilmaganligi sababli chegaralarimizdagi sanitar punktlar tun-u kun o‘z faolyatini davom ettirmoqda ular chet eldan kirib kelayotgan fuqarolarni masofadan tana haroratini o‘lchash apparatlari bilan ta’minlangan", - deydi Maftuna Saidova.

Ma’lumot uchun, hozirda Rossiya va Qirg‘izistonda cho‘chqa grippi epidemiyasi avj olmoqda. Bishkekning Chuy viloyatida kasallanish holatlari ko‘payishi sababli 6 ta maktab karantinga olinib yopildi. Hozirda viloyatdagi maktab va bog‘chalarda nazorat kuchaytirilgan.