MDH SSSRda yashamagan yoshlar bilan ishlashga e’tibor qaratmoqda - Shvidkoy

MDH madaniy muassasalari orasida o‘zaro hamkorlik qanday yo‘lga qo‘yilgani haqida Rossiya prezidentining masus vakili aytib berdi. Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.
Sputnik
TOShKENT, 15 dek - Sputnik. MDH madaniy muassasalari hech qachon SSSRda yashamagan yoshlar bilan ishlashga e’tibor qaratmoqda. Bu haqida Xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha Rossiya prezidentining maxsus vakili Mixail Shvidkoy Sputnik muxbiriga aytib berdi.
"Bu safar biz Yoshlar ishlari agentliklari bilan hamkorlik qlishimiz ham katta ahamiyatga ega. Chunki, asosiy vazifalarimizdan biri forum ishini hech qachon SSSRda yashamagan va umumiy tarixga ega bo‘lmagan kishilar uchun yo‘naltirishdir. Menimcha, bugungi kunda ushbu faoliyat juda muhim, chunki u yangi yondashuvlarni yangi aspoblar va yangi ish uslubini talab qiladi", - dedi Shvidkoy.
O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan forumda biz juda ko‘p takliflar oldik. Xususan 2023-yilda Bishkekda bo‘lib o‘tadigan forumda yana ikkita qo‘shimcha maydonchalar tashkil qili- ilm-fan sohasida hamkorlik va madaniyat, ta’lim va ilm-fan mavzularini yorituvchi OAVlar uchun maydonchalar, - dedi maxsus vakil.
Ma’lumotu uchun, MDH davlatlararo Gumanitar hamkorlik jamg‘armasi forumi – bu har yili o‘tkaziladigan forum bo‘lib, unda o‘tgan yil yakunlari va kelajak yillarga reja tuzish imkoniyat beradi.