“Toshshahartransxizmat” avtobus haydovchilari maoshi 2 baravarga oshirildi

Dekabr oyidan boshlab haydovchilar kamida 5-6 mln so‘m miqdorida oylik olishadi.
Sputnik
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Toshkentda tavtobus haydovchilari maoshi 2 baravarga oshirildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
“Davlat rahbarining topshirig‘iga asosan, “Toshshahartransxizmat” AJ avtobus haydovchilari joriy yilning dekabr oyidan boshlab kamida 5-6 mln so‘m miqdorida maosh olishadi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev “Toshshahartransxizmat” tizimidagi 18-avtobus saroyida bo‘lgan chog‘ida haydovchilarning maoshlarini oshirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi.