Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Doneskda o‘qqa tutishlardan so‘ng vayronalar ostida qolib ketgan ayol qutqarildi

Ukraina qo‘shinlari o‘qqa tutishi oqibatida Doneskning Voroshilov tumanidagi besh qavatli uylardan biri shikastlandi.
Sputnik
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Donesk markazidagi ko‘p qavatli uylardan biri Ukraina qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida shikast yetkazildi. Vayronalar ostidan bir ayol qutqarib olindi. Bu haqda DXR Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, payshanba kuni Doneskning Voroshilov tumanidagi besh qavatli uylardan birida yong‘in sodir bo‘lgani haqidagi xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv brigadasi yuborilgan.
O‘qqa tutish vaqtida beshinchi qavatdagi uy zarar ko‘rgan va u yerda vayronalar ostida bir ayol qolib ketgani aniqlangan.
FVV xodimlari ayolni qutqarib, tibbiy tez yordam xodimlariga topshirishgan.
Ukraina qo‘shinlari payshanba kuni ertalab Doneskning ikkita markaziy tumaniga qarata “Grad” bilan 40 ta raketa otgan. Shahar meri Donesk markaziga 2014-yildan buyon bunday eng keng ko‘lamli zarba berilganini ma’lum qildi.