Venesuela olimlari o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, kuniga 5 soatdan ko‘p smartfondan foydalanish semizlik xavfini 43% ga oshiradi.
Shuningdek, biror joyda o‘tirgan yoki yotgan holda uzoq vaqt ekrandan ko‘z uzmaslik ortiqcha vazndan tashqari ko‘rish qobiliyatiga ham jiddiy ta’sir qiladi.
Bundan tashqari, gadjetlardan ko‘p foydalanadigan insonlar odatda vaqtida ovqatlanish meyorlariga rioya qilmaydi. Bu holatda organizmda bir qator xavfli kasalliklar paydo bo‘lishiga olib keladi.