Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiyalik askar maxsus operatsiya hududidan onasiga it jo‘natdi - video

Qarovsiz qolgan itni topib olgan rossiyalik askar uni ko‘ngillilarga qo‘shib o‘z uyiga, onasiga berib yubordi.
Sputnik
TOShKENT, 14 dek - Sputnik. Maxsus operatsiya hududida xizmat qilayotgan rossiyalik askar janglar bo‘layotgan hududdan qarovsiz qolgan itni o‘z uyiga Boshqirdistonga berib yubordi. Bu haqida mahalliy telegram kanal xabar qilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha safarbar qilingan askarlardan biri qarovsiz qogan itni Zaporojye viloyatidan topib olgan va unga "Sosisich" deb nom qo‘ygan. U itni gumanitar yordam yetkazayotganlar bilan birga o‘z uyiga, Boshqirdiston respublikasi, Belebeyevskiy tumanidagi Priyutovo qishlog‘iga jo‘natgan.
“O‘g‘lim bu itni urush zonasida uchratib qoldi va hazil aralash ko‘ngillilarga itni Priyutovoga olib ketishni taklif qildi. Va bu ishni bajaradiganlar bir zumda topilgan va hatto itni o‘zlari bilan olib ketmoqchi bo‘lganlar ham bo‘ldi”, — deydi askarning onasi Tamara.
Ayol itga boshqa nom berishga qaror qilgan va "u g‘arbdan kelgani va ko‘p narsalarni boshidan kechirgan "jangchi" bo‘lgani uchun unga "Zet" deb ism qo‘ygan". Tamara aytishiga ko‘ra, it haliyam har qanday baland tovushlardan qo‘rqadi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha oy oldin ko‘ngillilar maxsus operatsiya hududidan qarovsiz qolgan itni Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga sovg‘a qilishgan edi.