TOShKENT, 14 dek - Sputnik Meksika to‘rt yildan buyon jurnalistlar uchun eng xavfli mamlakat bo‘lib qolmoqda. Ukraina esa 2022-yilda ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqida “Chegara bilmas muxbirlar” xalqaro nohukumat tashkiloti yil so‘nggi bo‘yicha hisobotida ma’lum qildi.
Hisobotga ko‘ra, 2022-yilda dunyoda jurnalistlar o‘limi soni o‘tgan yilga qaraganda ko‘proq bo‘lgan.
“Jurnalistlar o‘limi bo‘yicha ikki yillik kichik tanaffusdan so‘ng, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 18,8% ga oshdi”, - deyiladi tashkilot hisobotida va Ukrainadagi hodisalar ham buning sabablaridan biri bo‘lgani qo‘shimcha qilingan.
Shunga qaramay, tashkilot xulosasiga ko‘ra, jurnalistlar uchun eng xavfli mamlakat hamon Meksika bo‘lib qolmoqda. Mamlakatda bir yil ichida 11 nafar OAV xodimlari o‘ldirilgan. Ikkinchi o‘rinda turgan Ukrainada esa 8 nafar jurnalist halok bo‘lgan.