Eron YeOII bilan erkin savdo zonasi masalasi bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

Eron YeOII bilan erkin savdo zonasi bo‘yicha muzokaralarni yakunladi, endi kelishuv ratifikatsiya qilinishi kerak.
Sputnik
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Eron va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) erkin savdo zonasini yaratish bo‘yicha muzokaralarni yakunlab, kelishuvga erishdi, dedi Eronning Moskvadagi elchisi Kozim Jaloliy. Bu haqda RIA Novosti ma’lum qildi.
“Eron va YeOII kotibiyati o‘rtasida erkin savdo hududi bo‘yicha kelishuv bo‘yicha muzokaralar yakunlandi”, - dedi elchi matbuot anjumani chog‘ida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, erishilgan kelishuv YeOIIga a’zo bo‘lgan mamlakatlar parlamentlarida, shuningdek, Eronning o‘zida ratifikatsiya qilinishi kerak.
Avvalroq Rossiya va Eron yaqin vaqt ichida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan erkin savdo hududi to‘g‘risidagi bitimni imzolashga kelishib olgani xabar qilingandi.