TOShKENT, 14 dek — Sputnik. "Surxon" davlat qo‘riqxonasi hududida morxo‘rlar yuradigan joylarga tabiiy tuz bo‘laklari qo‘yib chiqilmoqda. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yovvoyi hayvonlar uchun qish mavsumi eng muhim va mashaqqatli davr hisoblanadi. Chunki qishdan betalofat o‘tib olish tashqi muhitdagi xavf-xatar bilan birga fiziologik holatida ham o‘zgarishlar yuz beradi.
Masalan, qish davrida baland tog‘li hududlarda yovvoyi hayvonlarning tuzga bo‘lgan talabi 2-3 martaga ortishi kuzatiladi.
Ayni shu jihat e’tiborga olingan holda "Surxon" davlat qo‘riqxonasi hodimlari tomonidan asosan morxo‘rlar yuradigan joylarga tabiiy tuz bo‘laklari qo‘yib chiqilmoqda.