TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Amerikaning B-2 strategik bombardimonchi samolyoti Missuri shtatidagi aviabazada favqulodda qo‘nishni amalga oshirgach, yonib ketdi. Bu haqda “Military” nashri katta serjant Bet Del Vekkioga tayanib, xabar berdi.
AQSh Harbiy-havo kuchlaridagi eng yangi yashirin bombardimonchi bilan bog‘liq hodisa o‘tgan shanba kuni sodir bo‘lgan va qurbonlarsiz yakunlangan.
“AQSh harbiy-havo kuchlarining B-2 Spirit samolyoti 10-dekabr kuni rejalashtirilgan parvoz vaqtida texnik muammoga duch keldi va favqulodda qo‘nishni muvaffaqiyatli amalga oshirgach, Whiteman uchish-qo‘nish yo‘lagida shikastlandi”, - deyiladi xabarda.
Del Vekkioning so‘zlariga ko‘ra, yong‘inni aviabaza o‘t o‘chiruvchilari bartaraf etgan.
Mahalliy KMBC telekanali chap qanoti tomonga og‘ishib qolgan va shikastlangan bombardimonchi suratini ko‘rsatdi.