Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Xersonda yangi shahar quriladi

Xerson viloyati Arabat tilida yangi shahar qurilishini e’lon qildi.
Sputnik
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Xerson viloyati Genichesk tumanidagi Arabat tilida (jo‘g‘rofiy strelka, kosa) yangi shahar quriladi, dedi viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchi Vladimir Saldo “Rossiya 24” telekanali efirida.

“Prezident (Vladimir Putin. – tahr.) kelajakka – tinch kelajakka boqadi. Unga Genichesk viloyatida Arabat tilida kichik shahar qurish taklif qilindi. Juda yaxshi tabiiy sharoitlar, temir yo‘l va avtomobil aloqalari mavjud. Joy juda jozibali”, - deya Saldoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda RIA Novosti.

Uning qo‘shimcha qilishicha, prezident topshirig‘iga ko‘ra, rivojlanish loyihasi allaqachon ishlab chiqilmoqda. Arabatda barcha zarur ijtimoiy infratuzilma, maktablar va bolalar bog‘chalariga ega yangi turar-joy binolari paydo bo‘ladi. Bu davlat organlari faoliyati uchun ham sharoit yaratadi.
Saldoning ta’kidlashicha jarayon allaqachon boshlangan.
Arabat tili uzunligi taxminan 113 kilometr va kengligi sakkiz kilometrgacha bo‘lgan uzun hudud bo‘lib, Sivash ko‘rfazini Azov dengizidan ajratib turadi. Chiziqning janubiy qismi Qrim Respublikasiga, shimoliy qismi – Xerson viloyatiga tutashadi.
23-27 sentabr kunlari DXR, LXR, Xerson va Zaporojye viloyatlarida referendumlar bo‘lib o‘tdi, unda ovoz berganlarning katta qismi Rossiya tarkibiga qo‘shilish tarafdori bo‘ldi. 30-sentabr kuni Putin va mintaqalar rahbarlari RF tarkibiga yangi hududlarni qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalarni imzoladilar, keyin esa ular Davlat Dumasi va Federatsiya Kengashi tomonidan ratifikatsiya qilindi.
*Arabat tili — Qrim yarim orolining shimoli-sharqiy qismida joylashgan tor va uzun quruqlik bo‘lagi. Bir tomondan u Krachina oroli bilan tutash, uzunligi - 113 km, kengligi — 270 metrdan 8 kmgacha.
Arabatskaya strelka (kosa)