TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Rossiyada migrantning elektron guvohnomasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda “Gosznak” bosh direktori Arkadiy Trachuk ma’lum qildi, deya xabar berdi “Izvestiya”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, migrantlar uchun biometrik identifikatsiya tizimini joriy etish muhokama qilinmoqda.
Trachukning aniqlik kiritishicha, gap “Gosuslugi”ga yaqin tizim haqida gap bormoqda, biroq yangi elektron guvohnoma qanday ishlashi xususidagi to‘liq ma’lumotni IIV migratsiya masalalari bo‘yicha Bosh boshqarmasi taqdim etadi.
Yangi loyiha xizmatlarni xorijlik fuqarolar uchun yanada qulaylashtirishi kutilmoqda.
“Unda barcha ma’lumotlar jamlangan bo‘lardi: registratsiya, ish ruxsatnomasi, shaxsni tasdiqlovchi hujjat, tibbiyot sug‘urtasi”, - dedi “Gosznak” bosh direktori.
Arkadiy Trachuk bu o‘z vaqtida joriy qilinayotgan juda yaxshi yangilik ekanini ta’kidladi, chunki xalqaro bozorda Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlardan bo‘lgan ishchilarga nisbatan raqobatbardosh bo‘lish kerak.