TOShKENT, 13 dek - Sputnik. Rossiya davlat chegaralarda 400 dan ortiq ukrainalik millatchilar qo‘lga olindi, deb xabar qildi Milliy aksilterror qo‘mita axborot markazi.
“400 dan ortiq ukrainalik millatchi va harbiy jinoyat sodir etgan shaxslar davlat chegarasini kesib o‘tishga uringan vaqtda nazorat-o‘tkazish punktlarida qo‘lga olindi. Terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullangan 1026 nafar shaxs Rossiya Federatsiyasiga kiritilmagan”, — deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, seshanba kuni Moskvada Milliy aksilterror qo‘mita (MAQ) raisi, Rossiya FSB direktori Aleksandr Bortnikov boshchiligida federal tezkor shtabning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda 2022-yildagi ish yakunlari e’lon sarhisobi e’lon qilingan va 2023-yilga mo‘ljallangan ustuvor faoliyat yo‘nalishlari belgilab olingan.