Farg‘onadagi sihatgoh xususiy shaxsga 22,5 mlrd so‘mga sotildi

Sihatgoh auksionga chiqarilgach, uning narxi qariyb 7 mlrd so‘mga ko‘tarilgan.
Sputnik
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Farg‘ona viloyatida joylashgan “Nurafshon sihatgohi” MChJning 100 foiz davlat ulushi 22,5 mlrd so‘mga sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sihatgoh 15 mlrd 496,2 mln so‘m boshlang‘ich narx bilan savdolarga chiqarilgan. Ommaviy savdolarda Iqboloy Xabilovna Qosimova g‘olib bo‘lgan. U mulk uchun 22 mlrd 469,5 mln so‘m taklif qilgan.
Sihatgohning umumiy maydoni 12,3 gektarni tashkil qiladi, bino va inshootlar esa 6 226,9 kv. m. maydonni egallagan. MChJning ustav kapitali 9,6 mln so‘mga teng.
MChJning 8,9 mln so‘m debitor qarzdorligi va 265,3 mln so‘m kreditor qarzdorligi mavjud bo‘lgan.