Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina harbiysi UQK qurollari ballistik raketalarni urib tushira olmayotganini tan oldi

Ukraina havo kuchlari qo‘mondonligi vakilining aytishicha, mamlakat havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari ballistik raketalarga qarshi samarasiz.
Sputnik
TOShKENT, 12 dek - Sputnik Ukraina havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari ballistik raketalarni urib tushirishga qodir emas, deya yozadi “Vesti.ua” gazetasi mamlakat havo kuchlari qo‘mondonligi vakili Yuriy Ignatga tayangan holda.
“Qurollarimiz safida bo‘lgan havoga qarshi hujum tizimlarimiz ballistika raketalariga zarba bera olmaydi. Shu bois, bu raketalarni yo‘q qilishning eng samarali usuli faqat ular turgan joyga zarba berish”, - deydi u.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.