Toshkentda IX Xalqaro bolalar rasmlari biyennalesi bo‘lib o‘tadi

Poytaxtda “Toshkent shodliklari” bolalar rasmlari biyennalesi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar yosh rassomlarining 2,5 mingga yaqin asarlari namoyish etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. O‘zbekiston poytaxtida 19 – 23-dekabr kunlari “Toshkent shodliklari” IX Xalqaro bolalar rasmlari biyennalesi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Xalq so‘zi” gazetasi.
Unga O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama nomidagi xalqaro madaniyat karvonsaroyi mezbonlik qiladi, deb yozadi nashr.
Bolalar ishi uch yosh toifasida baholanadi: 5-7 yosh, 8-12 yosh va 13-15 yosh.
Bu yil tadbirda Italiya, Belarus, Rossiya, Tailand, Fransiya, Ozarbayjon, Hindiston, Malayziyadan 20 ga yaqin xorijiy mualliflar ishtirok etadi.
Tanlovga qo‘shni davlatlar – Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmanistondan ko‘plab asarlar kiritilgan.
Biyennaleda jami 2500 ga yaqin asarlar namoyish etiladi. Ularning ikki mingini o‘zbeklar jo‘natgan.