TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Samarqand viloyatining Toyloq tumanidagi “Bog‘izag‘on”podstansiyasida yuzaga kelgan yong‘in bartaraf etildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xabar berdi.
Yong‘in haqidagi xabar 11-dekabr kuni soat 19:51 da xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘inga 20:08 da yetib borgan va soat 21:40 o‘chirilgan.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in natijasida podstansiyani ichidagi moyi yonib zararlangan. Hech qanday portlash holatlari ro‘y bermagan. Yong‘indan yon-atrofdagi binolarga zarar yetmagan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.